AsosiyJamiyat

Transport vaziri Ilhom Mahkamov ogohlantirildi

'Transport vaziri Ilhom Mahkamov ogohlantirildi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev raisligida o`tkazilayotgan yig`ilishda mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga etkazishda ishonchli logistika zanjirlarini tashkil qilish bo`yicha o`z echimini kutayotgan masalalar tahlil qilindi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Masalan, ayrim mamlakatlarda yuk tashishda qo`shimcha yig`imlar mavjud, haydovchilar uchun viza rejimi murakkab, avtotransport uchun vazn talablarini muvofiqlashtirish yakuniga etkazilmagan, portlarda eksport tovarlarini saqlash va qayta ishlashga mo`ljallangan terminallar yo`q.

Bu masalalar bilan lozim darajada shug`ullanmayotgani uchun transport vaziri Ilhom Mahkamov ogohlantirildi.

Investisiya vazirligiga logistikadagi muammolarni echish, mintaqaviy va yirik xalqaro loyihalarni jadallashtirish bo`yicha bir qator topshiriqlar berildi. Strategik temir yo`l koridorlarini barpo etish doirasidagi ishlarni faollashtirish lozimligi qayd etildi.

Mutasaddilarga xorijiy mamlakatlarda mahalliy tashuvchilar uchun viza rejimini soddalashtirish choralarini ko`rish topshirildi.

    Boshqa yangiliklar