Sirdaryo viloyati Xovos tumanida 26 yoshli erkak bedarak yo`qoldi. Viloyat IIB fuqarolarga murojaat bilan chiqdi.
Xabar berilishicha, Xovos tumani “Qoraqum” mahallasida yashagan 1996 yilda tug`ilgan Mamadaliev Abdullajon Ilash o`g`li yashash xonadonidan chiqib ketib, bedarak yo`qolgan.
Alohida belgilari: bo`yi 170-175 sm atrofida, qosh-ko`zlari qora, sochlari uzun qora rangda.
IIB xabariga ko`ra, ushbu fuqaroni topilishida ko`maklashganlar 10 million so`m pul bilan mukofotlanadi. U haqda ma`lumotga ega bo`lgan fuqarolardan quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilish so`raldi:
102,
67-225-57-87,
99-442-02-44,
97-331-74-18
Xabar bergan shaxslarning shaxsiga oid ma`lumotlar sir saqlanishi kafolatlanishi aytilgan xabarda.






