Tatariston kompaniyasi Irkutsk viloyatida radioaktiv moddasi bo`lgan kapsulani yo`qotib qo`ydi.
"TagraS" xolding tarkibiga kiruvchi "TNG-Grupp" kompaniya xodimlari o`tgan hafta kuchli qor bo`roni bo`layotgan bir paytda Irkutsk viloyatidagi Ust-Kutdan tadqiqot o`tkazilayotgan joyga ketayotganda, radioaktiv modda bo`lgan kapsulani yo`qotib qo`yishgan. Kompaniya direktori ichida radioaktiv seziy-137 moddasi bo`lgan kapsula solingan konteyner buzilmas va xavfli emasligiga ishontirmoqda.
Sharipovning so`zlariga ko`ra, kompsula eng past, to`rtinchi xavfsizlik toifasiga kiradi va himoya idishiga joylashgan. Shunday bo`lsada uni topib olganlardan konteynerni ochmaslik so`ralmoqda.
Hozirda ikkita guruh yo`qotilgan kopsulani qidirmoqda, tergov idoralari ishlamoqda. Ammo qorli bo`ronda ushlangan kapsulani topish unchalik oson emas. Kompaniya kapsula haqida ma`lumotga ega bo`lganlarga 200 ming rubl mukofot va`da qilmoqda.
Baza telegram kanali xabar berishicha, kompaniya radioaktiv kapsulaning yo`qolgani haqida polisiyaga faqat 16 yanvar kuni ariza bergan. Mahalliy nashrlarning xabar berishicha, seziy-137 ni yo`qotgan guruh "Gazprom" koniga ketayotgan bo`lgan.
Seziy-137 bilan uzoq muddatli aloqa terining kuyishi, o`tkir nurlanish kasalligi, saraton va hatto o`limga olib kelishi mumkin.






