“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ-27-son, 17.01.2024 y.) qabul qilindi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Qarorga ko`ra, O`zbekiston va Koreya Respublikasi Hukumatlari o`rtasida Bojxona ishlarida o`zaro ko`maklashish to`g`risidagi Bitimga o`zgartirish kiritish to`g`risidagi bayonnoma tasdiqlandi.
Mazkur bayonnoma 2023 yil 22 sentyabr kuni Toshkent shahrida imzolangan.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo`mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas`ul bo`lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O`zbekistonning majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta`minlaydi.






