Pokiston havo kuchlarini. Hujum oqibatida ikki erkak, uch ayol va to`rt bola halok bo`lgan.
Reuters agentligiga ko`ra, Pokiston qurolli kuchlari o`ta shay holatga keltirilgan. Agentlik manbasining aytishicha, armiya Eronning "sarguzashtlari"ga javob berishga tayyor.
Pokiston 18 yanvar kuni ertalab Siston va Baluchiston viloyatida joylashgan Seravon tumanidagi nishonlarga hujum qildi. Islomobod zarbalar "terrorchilar boshpanalari" nishonga olinganini da`vo qildi. Pokiston Eronni qardosh davlat deb atadi va uning suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilishini bildirdi. Havo hujumlari Tehron 16 yanvar kuni Pokiston ichidagi nishonlarga hujum uyushtirganidan keyin amalga oshirilgan. Eron rasmiylari ham buni terrorchilarning joylashuvi bilan izohladi va Pokiston suverenitetiga hurmatni qayd etdi.






