AsosiyJamiyat

Urganchda homilador ayollar va nogironlarga bepul taksi xizmati ko`rsatilmoqda

Urganch shahridagi "Xorazm Ravon trans" MChJning engil taksi haydovchilari bayram kunlari shahar ichi yo`nalishlarida homilador ayollar va nogironlarni bepul manziliga etkazib kelmoqda. Bu haqda Avtomobil va daryo transporti agentligi xabar bermoqda.

"Bu tashabbus korxona rahbariyati va haydovchilarning o`zlaridan chiqqan. Yil boshidan beri har bayramda korxonaga qarashli yo`nalishsiz taksi avtomobillari shahar hududida nogironlar va homilador ayollarga tekinga xizmat ko`rsatmoqda. Savobtalab avtotransportchilardan aholi juda mamnun: haydovchilar ushbu "aksiya" yo`lga qo`yilganidan beri yo`lovchilarning ularga nisbatan ayricha hurmat bilan qaray boshlaganini, har qadamda maqtov va duolarga sazovor bo`layotganlarini aytadilar", deyiladi xabarda.

"Xorazm Ravon trans" MChJ rahbariyati endilikda tug`ruqxonadan "yangi mehmon" bilan chiqqan yosh onalarni uylariga bepul etkazib qo`yishni tashkil etish niyatida.

"Xorazm Ravon trans" MChJ ko`p yillardan buyon shaharda yo`lovchi tashish bilan shug`ullanadi. Hozirgi kunda mazkur korxona tasarrufida 26 ta engil avtotransport vositalari mavjud.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar