AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi sement zavodlarida havoga chiqarilayotgan changlarni kamaytirish uchun qurilmalar o`rnatildi

'O`zbekistondagi sement zavodlarida havoga chiqarilayotgan changlarni kamaytirish uchun qurilmalar o`rnatildi'ning rasmi

“O`zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasida “Respublika qurilish materiallari sanoatining 2023 yil tahlili va sohadagi o`zgarishlar” mavzusida matbuot anjumani bo`lib o`tdi

Tadbirda atrof tabiiy muhitga ta`sir qilish xavfi yuqori bo`lgan xo`jalik sub`ektlarining atrof-muhitga bo`lgan ta`siri monitoringini kuchaytirish, mazkur soha takomillashtirilishi va raqamlashtirilishi bo`yicha bir qator qarorlar qabul qilingani va bugungi kunda ularning ijrosi ta`minlayotgani haqida to`xtalib o`tildi.

Ma`lum qilinishicha, belgilangan “Tarmoq jadvali” asosida ishlab chiqaruvchi korxonalarning 10 tasida avtomatik stansiya o`rnatilgan. Sement zavodlaridan atmosfera havosiga tashlanayotgan changlarni kamaytirish va sanitariya me`yorida bo`lishini ta`minlashda siklonli filtr, elektrofiltr va boshqa turdagi texnologik chang-gazlar tozalovchi qurilmalar qo`llaniladi. Bu qurilmalar changning umumiy miqdorini 75 foizdan 99 foizgacha tozalash samaradorligiga ega.

    Boshqa yangiliklar