AsosiyJamiyat

Erlarni ikkilamchi ijaraga berish tartibi belgilanmoqda

'Erlarni ikkilamchi ijaraga berish tartibi belgilanmoqda'ning rasmi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo`jaligi masalalari qo`mitasining yig`ilishida qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan erlarni ikkilamchi ijaraga berish va ulardan samarali foydalanishga qaratilgan qonun loyihasi dastlabki tarzda ko`rib chiqildi. 

Mazkur qonun loyihasi bilan qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan er uchastkalari dala chetlaridagi kollektor-drenaj va sug`orish tarmoqlarining atroflaridagi er maydonlarini qishloq xo`jaligi mahsulotlarini etishtirish uchun o`n yilgacha bo`lgan muddatga qonunchilik talablarini hisobga olgan holda ikkilamchi ijaraga berish ko`zda tutilmoqda.  

Shuningdek, erdan foydalanuvchilarning dala chetlari va kollektor-drenaj hamda sug`orish tarmoqlarining atroflaridagi er maydonlari, shuningdek, bog` va tokzor qator oralaridan samarali va oqilona foydalanishini ta`minlashga doir majburiyatlari belgilanmoqda.  

Bundan tashqari, Suv xo`jaligi ob`ektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga suv ob`ektlarida suvning oqilona boshqarilishi, suvdan foydalanish, suv xo`jaligi sohasidagi huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish choralarini ko`rish huquqlari berilmoqda.  

Qonun loyihasining qabul qilinishi agrar sohada aholi bandligini, oziq-ovqat xavfsizligini, narx barqarorligini ta`minlashga hamda suv resurslaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi.  

    Boshqa yangiliklar