Avvalroq, Toshkent shahri Yashnobod tumanida erkak uch nafar sobiq xotiniga farzandlari ta`minoti uchun aliment to`lamagani sabab 15 sutkaga qamalgani haqida xabarlar tarqaldi.
MIB Axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur otaning almenti to`lanib, ozodlikka chiqqan. Eng qizig`i, qarzdorlik erning amaldagi turmush o`rtog`i tomonidan to`liq to`langan.
Ushbu shaxsning farzandlari ta`minoti uchun 2023 yilning dekabr oyi holatiga ko`ra qariyb 25 mln so`m aliment qarzdorligi bo`lgan.
Sud tomonidan qarzdorga nisbatan to`plangan hujjatlar qayta ko`rilib, etkazilgan zarar miqdori qoplangani sababli u jazoni to`liq o`tamasdan ozod qilingan.






