Kuni-kecha Boysun tumani “Qizil kanyon” hududida o`tkazilgan havo sharlarini uchirish festivalida ishtirokchilar qir-adirliklarda boychechak gullaganiga guvoh bo`lishgan.
Ob-havoning har yilgidan ko`ra iliq va mo``tadil kelishi bahor elchisi bo`lgan ushbu gulning erta ochilishiga sabab bo`lgan.
Boychechakning ochilishi bir tomondan yangilanish faslining kirib kelayotganligini anglatib, ko`ngilga xursandchilik ulashsa, boshqa tomondan yildan-yilga harorat ko`tarilib, ekologik muammolar tobora dolzarblashib borayotganligini bildiradi.