Yangi yil arafasida Qozog`istonda o`z uyining kiraverishida qotillik sodir bo`ldi. Mashhur bokschi Eler Yunusmetov halok bo`ldi.
34 yoshli MMA janchlisi, kikboksing, kudo bo`yicha xalqaro sport ustasi, shuningdek, jekpe-jek bo`yicha Jahon kubogi va Evroosiyo chempioni, Katun jangi Gran-prisi (Rossiya) g`olibi bo`lgan.
Qotil Yunusmetovning bosh qismiga ikki marta o`q uzib, keyin qochib ketgan. Gumonlanuvchi tez fursatda qo`lga olindi. 27 yoshli yigit sportchini xotinidan rashk qilgani uchun otganini tan olgan. Sharqiy Qozog`iston polisiyasi boshqa ma`lumotlar oshkor etilishi shart emasligini ta`kidladi.
Ma`lum bo`lishicha, sportchi o`zi tug`ilib o`sgan Katon-Qorag`ay viloyatida dafn etilgan.






