AsosiyDunyo

Gruziya parlamenti Ukraina va Moldova prezidentlaridan uzr so`rashni talab qildi

'Gruziya parlamenti Ukraina va Moldova prezidentlaridan uzr so`rashni talab qildi'ning rasmi

Ukraina va Moldova prezidentlari Vladimir Zelenskiy va Mayya Sandu Gruziya va uning xalqidan mamlakatning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining qamoqdagi qiynoqlar haqidagi “yolg`onlari” uchun uzr so`rashi kerak.

Bu haqda Gruziya parlamenti spikeri Shalva Papuashvili mahalliy televidenie orqali ma`lum qildi, deb xabar bermoqda Gruziya OAVlari.

“Prezident Zelenskiy, prezident Sandu va Evroparlament a`zolari Gruziyani Saakashvilini qiynoqqa solganlikda ayblab, yolg`on gapirishdi. Shuning uchun biz bu odamlardan kechirim so`rashini kutamiz”, — deya siyosatchi so`zlarini keltiradi.

Saakashvili 2021 yil 29 sentyabr kuni Ukrainadan yashirincha Gruziyaga qaytdi. O`sha yilning 1 oktyabrida Tbilisida hibsga olingan.

    Boshqa yangiliklar