Sherobod tumanida mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o`rnatgan xonadon aniqlandi. Qonunbuzarlar Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sherobod tuman bo`limi, prokuratura va IIB TQX kiberxavfsizlik xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda qo`lga tushgan.
“Galaguzar” MFY hududidagi xonadonda yashovchi E.E. o`z uyida 23 ta to`plamdagi mayning kripo-aktivlari qurilmalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga o`zboshimchalik bilan ulab, jami 284,8 mln so`mlik elektr energiyasini o`g`irlaganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatli o`tkazilmoqda.






