Qozog`iston prezidenti Qosim-Jomart To`qaev Vatikanda katoliklarning ma`naviy etakchisi Rim papasi Fransisk bilan uchrashdi.
Prezident ma`muriyatidan berilgan bayonotga ko`ra, Tokaev Italiyaga tashrifining ikkinchi kuni Rim papasi bilan uchrashgan.
Uchrashuv chog`ida Tokaev ko`p konfessiyali Qozog`istonda Markaziy Osiyodagi eng yirik katolik jamoati istiqomat qilishini aytdi.
“Mamlakatimizda turli din vakillari o`z diniy burchlarini o`z ziyoratgohlarida bajarishlari mumkin. Diniy erkinlik huquqini himoya qilish siyosatimizning ajralmas qismidir”, - dedi u.
Rim papasi dunyodagi mojarolarga barham berish borasidagi sa`y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirib, Tokaev qo`shimcha qildi:
“Hozirgi geosiyosiy notinchlik butun global xavfsizlikka putur etkazmoqda va insoniyatga ulkan azob-uqubatlar va iqtisodiy qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Qozog`iston mas`uliyatli davlat sifatida global tinchlik va xavfsizlikni saqlashga katta hissa qo`shmoqda. Biz Birlashgan Millatlar Tashkilotining sayyoramizning turli issiq nuqtalarida tinchlikparvarlik missiyalarida qatnashamiz”.
Rim papasi ham Tokaevga tinchlik va barqarorlikka qo`shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi.
Tokaev Vatikanning davlatlar bilan aloqalar bo`yicha kotibi (tashqi ishlar vaziri) Pol Richard Gallager bilan ham uchrashdi va Vatikan muzeyiga tashrif buyurdi.






