AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda yog`ingarchilik kutilmaydi

'Bugun O`zbekistonda yog`ingarchilik kutilmaydi'ning rasmi

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduzi respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho`l hududlarida ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3-8° iliq, shimolda 0-5° iliq bo`ladi.

Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-7° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarida ba`zi joylarda qor yog`ishi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2° sovuq-3° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar