Kecha Oliy sud raisining birinchi o`rinbosari Robaxon Mahmudova boshqa ishga o`tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.
Robaxon Mahmudova "Adolat" SDP raisi etib saylandi.
Bugun, 20 yanvar kuni «Adolat» sosial demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining Plenumi bo`lib o`tdi.
Plenumda partiyaning 2023 yilgi faoliyati yakunlari hamda 2024 yilgi faoliyat yo`nalishlari muhokama qilindi.
Shuningdek, Plenumda tashkiliy masala ko`rib chiqildi. O`zbekiston «Adolat» sosial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi raisi Bahrom Abduhalimov o`z arizasiga muvofiq, Siyosiy Kengash a`zolarining ochiq ovoz berish yo`li bilan partiya Siyosiy Kengashi raisi lavozimidan ozod etildi.
Partiya raisligiga Mahmudova Robaxon Anvarovna nomzodi ko`rib chiqilib, Siyosiy Kengash a`zolari tomonidan ochiq ovoz berish yo`li bilan saylandi.






