Kecha, 19 yanvar soat 20:00 lar chamasida Denov tumani “Vodiy” mahallasi hududidan o`tuvchi “4R 108 V” avtomobil yo`lida sodir bo`ldi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmatining xabar bermoqda.
1973 yilda tug`ilgan haydovchi Nexia'ni boshqarib kelib, yo`lni kesib o`tayotgan piyodani urib yuborgan. Natijada, haydovchi boshqaruvni yuqotishi oqibatida qarama-qarshi yo`nalishdan kelayotgan Surxondaryo viloyati IIB xo`jalik bo`limiga tegishli “GAZon Nekst” Avtozakning yo`nalishiga chiqib ketib, to`qnashuv sodir etgan.
YTH oqibatida Nexia turtib ketgan 1982 yilda tug`ilgan piyoda og`ir tan jaroxatlari sababli tuman shifoxonasida yotqizilgan. Mazkur avtomashina haydovchisi va bir nafar yo`lovchisi shifoxonada vafot etgan.






