Unga ko`ra, endilikda jabrlanuvchining axborot resursini yo`q qilish, o`zgartirish, egallab olish yoki to`sib qo`yish, uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qo`rqitib mulk talab qilish ham tovlamachilik sifatida jinoiy javobgarlikka sabab bo`ladi.
Kripto-aktivlarni qonunga xilof ravishda olish, o`tkazish yoki ayirboshlash, belgilangan tartibda lisenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirish yoxud kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari tomonidan anonim kripto-aktivlar bilan operasiyalarni amalga oshirish shunday harakatlar uchun ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin sodir etilsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo`llanilishi mumkin:
BHMning 100 baravarigacha miqdorda jarima;
2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
1 yilgacha ozodlikni cheklash;
1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Anonim kripto-aktivlar mayningi bilan shug`ullanish yoki belgilangan tartibni buzgan holda mayning faoliyatini amalga oshirish shunday harakatlar uchun ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin sodir etilsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo`llanilishiga sabab bo`ladi:
BHMning 100 baravarigacha miqdorda jarima;
2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
1 yilgacha ozodlikni cheklash;
1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Shuningdek, yashirin mayningni amalga oshirish BHMning 100 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.






