Ijtimoiy tarmoqlarda Nukus shahridagi to`y marosimida bir nechta avtomashinalar haydovchilari o`zboshimchalik bilan davlat raqamini echib olib, guruh bo`lib, turli manyovrlar qilib, yo`l talashib YTH sodir etgani aks etgan video tarqaldi.
Ushbu holat yuzasidan Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV YHXB izoh berdi.
Joriy yilning 11 yanvar kuni Nukus shahrida to`y marosimida guruh bo`lib harakatlangan avtomashinalar tekshirilganda 15 ta avtomashina ushbu qoidabuzarlikni sodir etganligi aniqlandi.
Qoidabuzar haydovchilarga nisbatan MJtKning 129-moddasi tartibida bayonnoma rasmiylashtirildi hamda ushbu kodeksning 291-moddasi bilan avtomashinalar vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi.






