AsosiyJamiyat

Rossiyada muhojirlar reyd vaqtida o`tirgan holda yurishga majburlandi (video)

'Rossiyada muhojirlar reyd vaqtida o`tirgan holda yurishga majburlandi (video)'ning rasmi

Ekaterinburgdagi qurilish ob`ektlarida huquq-tartibot idoralari xodimlari Rossiya migrasiya qonunchiligini “buzganlar” orasida reydlar o`tkazdi. Reyd haqidagi hisobot o`ng qanot faollari tomonidan “Ekaterinburg rus hamjamiyati” kanalida e`lon qilindi.

 Unga ilova qilingan videodan ma`lum bo`lishicha, xavfsizlik kuchlari ishchilarni bir qator o`tirgan holda yurishga majburlagan.

17 yanvar kuni bo`lib o`tgan tadbir davomida xavfsizlik kuchlari 150 kishining hujjatini tekshirdi. Ulardan 8 nafari immigrasiya qonunchiligini buzgani aniqlanib, deportasiya qilinishi kerakligi ta`kidlandi, 4 nafariga esa harbiy ro`yxatga olish uchun chaqiruv qog`ozi berildi.

Tekshiruv haqidagi ma`lumotni Ichki ishlar vazirligining Sverdlovsk bosh boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Valeriy Gorelix tasdiqladi. Uning so`zlariga ko`ra, reyd ko`p qavatli turar joy binolari qurilishi bo`yicha bir nechta qurilish ob`ektlarida o`tkazilgan. Yakunda polisiya Rossiya Federasiyasidan deportasiya qilish uchun 12 ta hujjatlar paketini tuzdi. Uning qo`shimcha qilishicha, birgina 2023 yilning o`zida Sverdlovsk polisiyasi 2 586 ta shunday qoidabuzarni aniqlab, hujjatlashtirgan, 2024 yilda esa bunday ishlar viloyatning barcha munisipalitetlarida davom etmoqda.

IIV matbuot xizmati xabariga ko`ra, reydda bir qancha huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari, jumladan “Grom” maxsus bo`linmasi askarlari, IIV viloyat bosh boshqarmasi migrasiya boshqarmasi mutaxassislari, shuningdek, Federal xavfsizlik xizmati xodimlari ishtirok etgan.

Ushbu hodisadan so`ng Rossiya Inson huquqlari bo`yicha komissari Tatyana Merzlyakova prokuratura, FXX, Ichki ishlar vazirligi va Ekaterinburg Rossiya Milliy gvardiyasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan reyd va unda muhojirlarning o`tirgan holda yurishga majburlanishi holatini tekshirmoqchi.

“Hozir nima yuz berganini o`rganyapman.  Bizda muhojirlar huquqlarini himoya qiluvchi mutaxassisimiz bor, lekin u hozirgacha menga hech narsa demadi. Bunga ishonishim qiyin. Bunday bema`nilik bilan shug`ullanishga vaqtimiz yo`q”, — dedi Merzlyakova.

U bunday holat Ekaterinburgga xos emasligini ta`kidladi.

 

    Boshqa yangiliklar