AsosiyJamiyat

Toshkentda jinoiy guruhning ikki a`zosi ushlandi. Qidiruvdagi yana birini topishda ko`mak so`ralmoqda

'Toshkentda jinoiy guruhning ikki a`zosi ushlandi. Qidiruvdagi yana birini topishda ko`mak so`ralmoqda'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (“Tovlamachilik”) bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida bir guruh  shaxslar jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlandi.  Bu haqda shahar IIBB xabar berdi. 

1976 yilda tug`ilgan Yuldashev Xayrulla Xabibullaevich (Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “juda ko`p miqdorda tovlamachilik”), 1987 yilda tug`ilgan Mirzaxmedov Ulug`bek Temurovich (Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “juda ko`p miqdorda tovlamachilik”) gumon qilinmoqda. Hozirda ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llangan.

Shuningdek, mazkur jinoyat ishi doirasida tergovdan qochib yashiringan 1981 yilda tug`ilgan Badalbaev Rovshan Raximovich (Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “juda ko`p miqdorda tovlamachilik”) qidirilmoqda.

Unga nisbatan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llangan. Tergov davom etmoqda.

"Hurmatli fuqarolar agar Siz ushbu shaxslardan yoki guruh a`zolaridan jabr ko`rgan bo`lsangiz yoki ushbu shaxsning jinoiy xatti-harakatlari bo`yicha, shuningdek, qidiruvdagi shaxsning qaerda ekanligi haqida biror ma`lumotga ega bo`lsangiz Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so`raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi", deyiladi IIBB e`lonida.

 

    Boshqa yangiliklar