AsosiyDunyo

O`zbekistonlik bir oilaning 3 a`zosi Qozog`istondagi YTHda halok bo`ldi

'O`zbekistonlik bir oilaning 3 a`zosi Qozog`istondagi YTHda halok bo`ldi'ning rasmi

G`arbiy Qozog`iston viloyatidagi trassada o`zbekistonlik oila halok bo`ldi.

Mashinada bo`lgan to`rt kishidan faqat 14 yoshli o`smir tirik qolgan. U tuman kasalxonasida, deb xabar beradi Orda.kz .

YTH taxminan soat 17:00 da Oqjayiq viloyatidagi Uralsk-Atirau trassasida sodir bo`lgan. 41 yoshli O`zbekiston fuqarosi boshqaruvidagi Mazda SX-7 rusumli avtomobil qarama-qarshi yo`lga chiqib ketib, yuk mashinasi bilan to`qnashib ketgan.

“Yo`l-transport hodisasi natijasida Mazda CX-7 haydovchisi va ikki nafar yo`lovchisi, 1984 yilda tug`ilgan ayol va 2012 yilda tug`ilgan voyaga etmaganlar voqea joyida halok bo`lgan, ularning barchasi bir oila a`zolari bo`lgan. ”

    Boshqa yangiliklar