AsosiyJamiyat

Hindistondan Toshkentga uchayotgan samolyot Afg`onistonda radarlardan g`oyib bo`ldi

'Hindistondan Toshkentga uchayotgan samolyot Afg`onistonda radarlardan g`oyib bo`ldi'ning rasmi

Hindistondan Toshkentga uchayotgan biznes-jet radarlardan g`oyib bo`ldi.

Ekipaj texnik nosozliklar haqida xabar bergan va Tojikiston chegarasini kesib o`tayotganda rejadan tashqari qo`nmoqchi bo`lgan.

Samolyot haqida boshqa ma`lumotlar yo`q. Samolyot oxirgi marta Afg`oniston chegarasiga yaqinlashganda radarda ko`rsatilgan.

Afg`onistonda radarlardan g`oyib bo`lgan  Falcon 10 samolyoti Athletic Group MChJ va xususiy shaxsga tegishli, deb xabar bermoqda Federal havo transporti agentligi.

Samolyot Gaya (Hindiston) – Toshkent (O`zbekiston) – Jukovskiy (Rossiya) yo`nalishi bo`yicha charter tez yordam reysini amalga oshirayotgan edi. Samolyot bortida olti kishi, jumladan, ikki yo`lovchi bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar