AsosiyJamiyat

Navoiyga Xitoydan 60 ta "Yutong" avtobusi olib kelinadi

'Navoiyga Xitoydan 60 ta "Yutong"  avtobusi olib kelinadi'ning rasmi

Navoiy viloyatiga xitoylik investorlarni jalb etish, viloyatning investision salohiyatini namoyish qilish hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksport qilish maqsadida viloyat rahbari Normat Tursunov boshchiligidagi delegasiya Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo`lib turibdi. Safar 18-26 yanvar kunlari davom etishi rejalashtirilgan.

Safaning ilk kunida delegatlar hamda Shenjon-Teyjun ishbilarmonlar uyushmasi raisi Lin Ching uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda xitoylik investorlarning Navoiy viloyatiga qiziqishi baland ekanligi alohida ta`kidlandi.

Xususan, Navoiy viloyatida sanoat zonasini tashkil etish, qurilish, turizm, transport infratuzilmasini rivojlantirish yo`nalishlarida muzokaralar olib borildi. Bugungi kunda yo`l-transport infratuzilmasini rivojlantirish sohasida ishlar sifatini oshirish, turizm sohasi va aholiga sifatli va qulay transport xizmatlarini ko`rsatish juda muhim. Shu bois, muzokaralar davomida Navoiy shahrida jamoat transporti yo`nalishlari tarmog`ini kengaytirish va harakat tarkibini zamonaviy, ekologik toza avtobuslar bilan yangilash maqsadida “YuTONG” kompaniyasi vakillari bilan 60 ta avtobus xaridi yuzasidan shartnoma imzolandi.

Normat Tursunov kompaniya vakillariga hududda harakatlanuvchi transport vositalariga texnik xizmat ko`rsatuvchi shourum tashkil qilish taklifini ham berdi va bu taklif hamkorlar tomonidan ma`qullandi.

Safarning ilk ikki kuni davomida delegasiya a`zolari Urumchi shahridagi “MIDONG” sanoat parkida bo`lib, metallokonstruksiya ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “DUOWEI” kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi. Korxonaning bir yillik savdo aylanmasi 30 mln. AQSh dollarini tashkil etadi, bu erda100 nafardan ortiq ishchilar faoliyat olib boradi.

Shuningdek, navoiylik mehmonlar “Euphratica cable” kompaniyasi faoliyatini ko`zdan kechirib, yuqori va past kuchlanishli kabel ishlab chiqarish jarayonini kuzatishdi. Tashkilot 300 nafar aholining bandligini ta`minlagan. Yillik savdo aylanmasi 200 mln. AQSh dollariga teng.  

Yana bir manzil elektr asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi “GUOYuAN ELECTRIC” kompaniyasi bo`ldi.

Uchrashuvlar va muzokaralarga boy safar delegatlarni kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi “XINJIANG ZHONGTAI (GROUP)” korporasiyasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishtirdi. Mazkur zavod mahsulotlar ishlab chiqarish xilma-xilligi bo`yicha yuqori o`rinlarda turadi. Aytish joizki, tashkilot maydoni 900 gektar bo`lib, yillik savdo aylanmasi 25 mlrd AQSh dollarini tashkil etadi.

Shuningdek, Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi“FUJIAN ROANGJING ShENGXIN INVESTMENT” kompaniyasi, energiya samarador isitish tizimlari ishlab chiqarish bo`yicha tanilgan “JIANGSU FAYGO UNION MAChINERY” kompaniyasi faoliyatini o`rganish hamda “JIANGSU LIANKUNGANG KALKI EXPORT & IMPORT” kompaniyasi bilan Navoiy shahrida zamonaviy turar-joy majmuasi va ijtimoiy soha obyektlarini qurish, “ChONGQING INTERNATIONAL LOGISTICS HUB PARK” kompaniyasi bilan Navoiy viloyatida logistika markazi tashkil etish bo`yicha muzokaralar o`tkazish ishlari amalga oshirildi.

Delegasiyaning Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar