AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp shanba kuni Nyu-Xempshirda bo`lib o`tgan miting chog`ida inaugurasiyadan oldin Ukraina mojarosini hal qilishiga va`da berdi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
“Rossiya va Ukraina o`rtasidagi bu dahshatli urushni men lavozimga kirishgunimga qadar hal qilamiz”, dedi u.
Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Zelenskiyni boshqalardan ko`ra yaxshiroq bilishini yana bir bor ta`kidladi.
Eslatib o`tamiz, avvalroq Tramp agar u prezidentlikka qayta saylansa, ikki davlat o`rtasidagi mojaroni atigi 24 soat ichida hal etish niyatida ekanini aytgandi.






