AsosiyJamiyat

Misrdan gepatit C ga qarshi dori vositalarining navbatdagi partiyasi olib kelindi

'Misrdan gepatit C ga qarshi dori vositalarining navbatdagi partiyasi olib kelindi'ning rasmi

O`zbekiston Prezidentining S gepatitiga chalingan bemorlarni 100 foiz davolash bo`yicha tashabbusi ijrosi doirasida dori vositalarining Misrdan kelishi 2024 yilda ham davom etadi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

O`zbekistonning Qohiradagi elchixonasi xabariga ko`ra, Misr hukumati tomonidan 2025 yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million dollar bo`lgan jami 800 ming dona S gepatitiga qarshi "Daklatasvir" va "Sofosbuvir", V gepatitiga qarshi "Entekavir" dori vositalarining beg`araz yordam sifatida berilishi bo`yicha kelishuvga erishilgan.

Hozirga qadar umumiy qiymati 696 ming AQSh dollariga teng bo`lgan mazkur dori vositalari mamlakatimizga bosqichma-bosqich yuborildi.

Joriy yilning 20 yanvar kuni Misr hukumati tomonidan insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan S gepatitiga qarshi "Sofosbuvir-400mg" dori vositasi etkazib berildi. Umumiy 12 dona qutilarda 6720 dona "Sofosbuvir-400mg" dori vositalari O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.

    Boshqa yangiliklar