Ayni paytda Uzcard to`lov tizimida uzilishlar kuzatilmoqda. Kompaniya sababini ma`lum qildi.
Ma`lum qilinishicha, bugun 22 yanvar soat 00:30 dan 10:00 ga qadar profilaktika olib borilmoqda.
"Yagona umumrespublika prosessing markazi, 2024 yil 22 yanvar kuni soat 00:30 dan 10:00 gacha texnik va profilaktik ishlar olib borilishi sababli ATM, E-POS, POS-terminallarda aloqa ulanishida qisqa muddatli uzilishlar, UZCARD infratuzilmasida xalqaro to`lov tizimlari kartalariga hamda xorijda kobeyj kartalariga xizmat ko`rsatilishida uzilishlar ehtimoli haqida ma`lum qiladi. Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so`raymiz", - deyiladi rasmiy xabarda.