O`zbekiston aholisi orasida xalqaro qabul qilingan standart metodologiya asosida keng ko`lamli tadqiqotlar o`tkaziladi. Bu - «Aholi salomatligi-2030» milliy strategiyasining 2024-2026 yillarga mo`ljallangan amaliy tadbirlar rejasida belgilangan.
Unga ko`ra, HBSC tekshiruvi o`tkaziladi. Unda maktab yoshidagi bolalar orasida salomatlik sohasida fe`l-atvor o`rganiladi.
Shuningdek, GYTS tekshiruvi tashkillashtiriladi. U maktab o`quvchilari orasida tamaki mahsulotlarini iste`mol qilishning tarqalganligini o`rganishga qaratilgan.
Bundan tashqari, STEPS tekshiruvi mo`ljallangan. U katta yoshdagi aholi orasida yuqumli bo`lmagan kasalliklar xavfli omillarining tarqalganligini o`rganishga aloqador.
Anemiya (temir moddasi, V12 vitamini etishmasligi), yod etishmasligi, foliy kislotasi va A vitamini etishmasligining tarqalganligi va sabablarini o`rganish ham rejalashtirilmoqda.
Aholi tomonidan tuz iste`mol qilish darajasini o`rganish ko`zda tutilmoqda.






