Bugun O`zbekiston hududiga Turkmaniston hududidan iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi, respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunduzi 9-12 darajagacha iliydi.
23-24 yanvar kunlari iliq havo kirib kelishi davom etadi, respublika hududining katta qismida quyoshli va ochiq havo kuzatiladi. 24 yanvarda respublikaning shimoli-g`arbiy hududlariga Volga bo`yi hududlaridan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Respublika hududining katta qismida 23-24 yanvar kunlari harorat kechalari 2-5 darajagacha, kunduz kunlari 12-15 darajagacha ko`tariladi, shimoliy hududlarda esa 24 yanvarda kunduzgi harorat 2-7darajaga pasayadi.
25 yanvarda nam va sovuq havo massalari mamlakatimizning barcha hududlarini qamrab oladi, respublika bo`yicha yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Harorat kunduzi 4-9 daraja pasayadi, shimoliy hududlarda kechasi 6-11 daraja sovuqni tashkil etadi, kunduzi 2-7 daraja sovuqdan oshmaydi.
26 yanvarda respublika hududining katta qismida yog`ingarchilik bo`lishi ehtimoli saqlanib turadi, shimoli-g`arbiy hududlarda esa yog`ingarchilik to`xtaydi. Harorat kechasi -2 sovuq-3 iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq, shimolda kechasi 6-11 daraja sovuq, kunduzi 0-5daraja sovuq atrofida bo`ladi.
Poytaxtimizda: bugun quyoshli va ochiq havo bo`lishi kuzatiladi. Sharqiy yo`nalishdagi shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kunduzi 10-12daraja iliqni tashkil etadi.
23-24 yanvar kunlari poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ertaga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqiy yo`nalishdagi shamol tezligi 3-8 m/s bo`ladi. Havo harorati 23 yanvarda kechasi 0-2o iliq atrofida bo`ladi, 24 yanvarda kechasi 3-5o iliqqacha ko`tariladi, kunduzi 23-24 yanvarda harorat 12-14daraja iliq atrofida bo`ladi.
25 yanvarda poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-7daraja iliqqacha ko`tariladi, kunduzi 7-9daraja iliqqacha pasayadi.






