Navoiyda “Zarmitan” oltin koniga qarashli yordamchi shaxtadan jasad topilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov holat yuzasidan “Darakchi.uz”ga ma`lumot berdi.
Aniqlanishicha, Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi 30 yoshli O.N. 2023 yil 25 dekabr kuni “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Janubiy kon boshqarmasiga qarashli “Zarmitan” koni erosti shaxtasi 840-sathidan, tarkibida oltin moddasi bo`lgan ma`danli toshlarni talon-toroj qilish uchun kelgan. 2024 yil 15 yanvar kuni soat 19:00 larda shaxtadan chiqayotganida, arqon uzilib ketishi oqibatida 10-15 metrlik pastlikka tushib ketgan va og`ir tan jarohati olib vafot etgan.
O.N. olgan tan jarohati bo`yicha sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB Tergov bo`linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






