AOKAda o`tkazilgan brifingda Maktabgacha ta`lim agentligi axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo`jaeva tizimdagi ishlar haqida ma`lumot berdi:
2023 yilda da jami 33 942 ta maktabgacha ta`lim tashkilotlari faoliyat ko`rsatdi, ularning 6 780 tasi davlat va 27 162 tasi nodavlat (847 ta xususiy, 24 927 ta oilaviy va DXSh asosidagi 1 388 ta nodavlat MTT) maktabgacha ta`lim tashkilotlari hisoblanadi.
Respublikadagi 2 930 844 nafar bolalardan 2 169 538 nafari yoki 74,0 foiz bolalar maktabgacha ta`limga qamrab olindi.
Bu ko`rsatkichga erishish uchun 2023 yil davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
182 ta (57ta yangi qurish va 113 ta rekonstruksiya qilish, 2 ta mukammal ta`mirlash) davlat MTTlarda qurilish ta`mirlash ishlari amalga oshirildi.
71 ta DXSh asosidagi NMTTlar (7100 o`rinli) hamda 4 402 ta (116998 o`rinli) oilaviy shakldagi NMTTlar tashkil etildi.
2023 yil davomida 98 ta to`liq kunlik, 271 ta qisqa muddatli,
428 ta (370 ta xonalarda) majburiy bepul tayyorlov guruhlari tashkil etilishi natijasida jami 711 768 nafar 6 yoshli bolalarning 661 945 nafari yoki
93,0 foizi qamrab olindi.
Maktabgacha ta`lim bilan qamrab olingan 661 945 nafar (93 %) 6 yoshli bolalarning 170 721 nafari 7 490 ta boshlang`ich ta`limga bir yillik bepul majburiy tayyorlov guruhlariga, 457 008 nafari 9 031 ta to`liq kunlik tayyorlov guruhlariga, 33 429 nafari 1 337 ta qisqa muddatli tayyorlov guruhlariga, 787 nafari mobil guruhlarga qamrab olindi.
Jumladan Qoraqalpog`iston Respublikasida 35 707 nafar 93,4%, Andijon viloyatida 62 359 nafar 93,2 %, Buxoro viloyatida 34 769 nafar
93,4 %, Jizzax viloyatida 28 450 nafar 93,2 %, Qashqadaryo viloyatida
70 074 nafar 92,6 %, Navoiy viloyatida 19 670 nafar 95,2 %, Namangan viloyatida 56 559 nafar 92,9 %, Samarqand viloyati 79 234 nafar 92,5 %, Surxondaryo viloyatida 57 267 nafar 93,0 %, Sirdaryo viloyatida 15 940 nafar 93,9 %, Toshkent viloyatida 49 311 nafar 92,8 %, Farg`ona viloyatida
71 641 nafar 93,0 %, Xorazm viloyati 35 396 nafar 92,8 %, Toshkent shahrida 45 568 nafar 92,8 % ni tashkil etadi.
Shuningdek, chekka hududlarida maktabgacha ta`lim xizmatlarini tashkil etish maqsadida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlariga qo`shimcha 7 ta ISUZU avtobuslari qayta jihozlangan holda etkazib berildi. 14 ta mahallalarda tashkil etilgan o`yin maydonchalarida 42 ta mobil guruhlar faoliyati yo`lga qo`yilib, 950 nafarga yaqin bolalar qo`shimcha qamrab olindi.
Natijada, Respublika bo`yicha 156 ta MFYlarda qayta jihozlangan 72 ta ISUZU NS-40 avtobuslarda tashkil etilgan 429 ta “AQLVOY” mobil guruhlarda 9,5 ming nafar (0,43 %) 3 yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan bolalar qamrab olindi.
Yunisef tashkiloti bilan hamkorlikda Namangan va Xorazm viloyatlarida maktabgacha ta`limning muqobil shakli bo`lgan 20 ta “Turli xil yoshdagi maktabgacha ta`lim guruhlari” (o`yin guruhlari) tashkil etilib, ularga jami 496 nafar bolalar qamrab olindi.
Jahon banki bilan hamkorlikda “Bolani erta rivojlantirish” loyihasi doirasida Namangan va Samarqand viloyatlarida “Ilk rivojlanish markazlari”
3 ta model bo`yicha faoliyat ko`rsatmoqda.
Bunda, birinchi model (6 yoshgacha qamrab olinmagan bolalari bo`lgan oilalarga tashrif) bo`yicha jami 634 ta bolalar, ikkinchi model (o`yin guruhlari) bo`yicha 861 nafar bolalar, uchinchi model (sog`ligi tufayli imkoniyati cheklangan 2 yoshdan 6 yoshgacha bolalari bo`lgan oilalarga tashrif) bo`yicha 87 ta bolalar qamrab olingan.






