AsosiyJamiyat

Qarshida TTBga ishga kirish 1 500, Popda temiryo`lga ishga kirish 2 500 dollarga baholandi

'Qarshida TTBga ishga kirish 1 500, Popda temiryo`lga ishga kirish 2 500 dollarga baholandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.A. fuqaro M.Sh.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 1 500 AQSh dollari evaziga tuman tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirib qo`yishini aytib, ushbu pullar hisobidan 18,5 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Pop tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.I. fuqaro T.U.ning ishonchiga kirib, uning farzandini "O`zbekiston temir yo`llari" AJga qarashli Pop tuman temir yo`l korxonasiga ishga joylashtirib qo`yishi evaziga 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar