AsosiyJamiyat

O`zbekistonliklar Bolgariyaga ishga taklif qilinmoqda

'O`zbekistonliklar Bolgariyaga ishga taklif qilinmoqda'ning rasmi

O`zbekiston fuqarolari Bolgariyaga 640 dollar maoshlik ishga taklif etilmoqda. Bu hada Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi. 

Unga ko`ra,  ish turi — hamshira, tibbiyot muassasasida sanitariya ishlari. Nomzodlar uchun quyidagicha talablar qo`yilgan:

22-55 yosh;

rus tilini erkin muloqot darajasida bilish;

hamshiralik bo`yicha kamida 1 yillik ish tajribasi (tasqdiqlovchi hujjat bilan);

sudlanmagan;

xorijga chiqish taqiqlanmagan;

jismonan va ruhan sog`lom;

zararli odatlardan holi.

Qayd etilishicha, ish haqi oyiga 510 AQSh dollari (sanitariya), 640 AQSh dollari (hamshiralik). Ish beruvchi kompaniya yotoqxona va transport xarajatlarini qoplab beradi. Shuningdek, quyidagi xarajatlar fuqaro hisobidan:

agentlik xizmati, o`qitish va ko`niktirish uchun BHMning 10 baravari;

viza to`lovi.  

Ro`yxatdan o`tish (sanitariya)

Ro`yxatdan o`tish (hamshiralik)

Har bir soha uchun ro`yxatdan o`tish 50 kishiga etsa, to`xtatiladi.

    Boshqa yangiliklar