Bu haqda Qozog`iston tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Aybek Smadiyarov ma`lum qildi, deya yozmoqda Xushnudbek Xudoyberganov.
"Balki u Qozog`istonga kelmoqchi emasdir, ammo kelsa, kiritilmaydi", – degan TIV rasmiy vakili.
Avvalroq teleboshlovchi Tina Kandelaki o`zining Telegram kanalida Qozog`istondagi temir yo`l bekatlarining nomi ruschadan qozoqchaga o`zgartirilayotganidan norozi bo`lib post qo`ygan edi. Bu esa qozog`istonlik jamoat faollarining keskin noroziligiga sabab bo`ldi, ularga Kandelakini Qozog`istonning ichki ishlariga aralashayotgani yoqmadi.
Ammo keyinchalik Kandelaki bu mavzuga yana bir bor to`xtalib, qozoqlarni tarixni o`zgartirmoqchi bo`layotgan manqurtga o`xshatdi. Shundan so`ng, Qozog`iston rasmiylari uni mamlakatga kirishi taqiqlanganini ma`lum qildi.






