AsosiyJamiyat

"Ustoz-2021" tanlovida g`olib bo`lgan o`qituvchilar Turkiyaga jo`nab ketdi

'"Ustoz-2021" tanlovida g`olib bo`lgan o`qituvchilar Turkiyaga jo`nab ketdi'ning rasmi

Ayni damda "Ustoz-2021" tanlovi g`oliblari Turkiyaning Istanbul shahrida tashkil etilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etishmoqda.

Ma`lumot o`rnida: 2021-yilda o`tkazilgan mazkur tanlovda jami 29 850 nafar pedagog qatnashgan bo`lib, ulardan 40 nafari finalga etib kelishgan edi.

Tanlovda 40 nafar finalistdan 8 nafari quyidagi nominasiyalar bo`yicha g`oliblikni qo`lga kiritgan:

➖ "Tashabbuskor ustoz" — Zakir Rozimov;

➖ "Ta`lim sohasida ko`rsatgan xizmatlari uchun" —Rayxan Tulyakova;

➖ "Umid timsoli" — Mehriniso Norova;

➖ "Boshlang`ich ta`lim fidokor ustozi" — Dildoraxon Umurzakova;

➖ "Matonatli ustoz" — Nilufar Olimova;

➖ "Fidoyi ustoz" — Ulug`bek Mamajonov; 

➖ "Mehridaryo ustoz" — Hilola Norova;

➖ "Plyus 1" — Iqboljon Kamolov.

    Boshqa yangiliklar