O`zbekiston xalq artisti Turg`un Azizov 90 yoshida vafot etdi. Bu haqda aktrisa Dilnoza Kubaeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma`lum qildi.
Turg`un Azizov 1934 yilning 30 noyabrida Toshkentdagi Saryog`chi (hozirgi Beshqayrag`och) mahallasida tug`ilgan.
1956 yili avvalgi O`zbekiston Davlat teatr va rassomchilik institutini tamomlab, shu yili hozirgi O`zbek Milliy akademik drama teatriga ishga qabul qilingan. 33 yoshida O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan. 1974 yilda O`zbekiston xalq artisti unvonini olgan. Shuningdek, u “Mehnat-shuhrati” ordeni (2001 yil) sohibi ham hisoblanadi.
Darakchi.uz marhumning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur ta`ziya izhor etadi.






