Bugun, 23 yanvar kuni Yangihayot, Olmazor, Mirobod tumanlari gaz ta`minoti tizimida ta`mirlash va sozlash ishlari olib boriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi. Shu munosabat bilan ushbu tumanlarning ba`zi mahalla va ko`chalarida gaz ta`minoti to`xtatiladi.
Yangihayot tumanida 23 yanvar 10:00 dan 18:00 gacha:
— "Binokor" MFY;
— Ulgurji iste`molchilar - 4 ta.
Olmazor tumanida 23 yanvar 11:00 dan 17:00 gacha:
— "Taraqqiyot" MFY;
— Ulgurji iste`molchilar - 3 ta.
Mirobod tumanida 24 yanvar 11:00 dan 17:00 gacha:
— 21ta yuqori qavatli uylardagi jami 372 ta xonadon.
“Hududgaz Poytaxt” GTF noqulayliklar uchun uzr so`raydi,- deyiladi xabarda.






