AsosiyDunyo

Qozog`istonning Olmaota shahrida zilzila oqibatida 44 kishi jabrlandi

'Qozog`istonning Olmaota shahrida zilzila oqibatida 44 kishi jabrlandi'ning rasmi

Kecha kechqurun Qozog`istonning Olmaota shahrida zilzila oqibatida 44 kishi jabrlandi. Bu haqda mamlakat SSV xabar berdi.

Qayd etilishicha, shifoxonaga murojaat qilganlar engil va o`rtacha og`irlikdagi boshning ko`karishi, shilinishi, oyoq-qo`llarining qayrilishi kabi turli ko`rinishdagi jarohatlar olishgan. Ulardan 34 nafari yoshi kattalar, 3 nafari kasalxonaga yotqizilgan, 31 nafari ambulator davolanishga yuborilgan.

Shuningdek, 10 nafar bolaga tibbiy yordam ko`rsatilgan. Ulardan 5 nafari kasalxonaga yotqizilgan. 5 nafari ambulator davolanishga yuborilgan.

Ma`lumotga ko`ra, ko`pchilik binolarining 2 va 3-qavatlaridan sakrashi oqibatida jabrlangan. Yana boshqalar esa uydan qochib chiqib ketayotgan vaqtda jarohat olishgan.

Zilziladan keyin Olmaotada maktab va kollejlarda birinchi smenali mashg`ulotlar bekor qilindi.

Shaharning barcha maktablari va kollejlarida tun bo`yi aholini qabul qilish punktlari ishlaganligi sababli, 2024 yil 23 yanvarda maktab va kollejlarda birinchi smena mashg`ulotlari bekor qilingan.

Bolalar bog`chalari ota-onalarning iltimosiga binoan muntazam ravishda ishlaydi. Kecha tunda Olmaota aholisi kuchli zilzilani boshdan kechirdi. Ba`zi hududlarda yashovchilar zilzila uzoq vaqt, kamida 5 daqiqa davom etganini xabar qilishgan.

Sezuvchanlik to`g`risidagi ma`lumotlar Olmaotada 5 balli zilzilani qayd etgan. Shu bilan birga, favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berishicha, zilzila Ostona, Olmaota, VKO, Jambil, Jetisuy viloyatlarida ham sezilgan.

    Boshqa yangiliklar