AsosiyJamiyat

O`zbekistonda bolalar suyak ko`migi transplantasiyasi joriy etiladi

'O`zbekistonda bolalar suyak ko`migi transplantasiyasi joriy etiladi'ning rasmi

 “Aholi salomatligi — 2030” strategiyasi loyihasining 2024-2026 yillarga mo`ljallangan amaliy tadbirlar rejasiga ko`ra

Pediatriyaning barcha yo`nalishlarida diagnostika, davolash, profilaktika va  reabilitasiya bo`yicha ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam ko`rsatish, jumladan, bolalar xirurgiyasidagi — neyroxirurgiya, kardioxirurgiya, otorinolaringologiya, oftalmologiya va ortopediya kabi sohalarni rivojlantirish rejalashtirilmoqda. 

Shu maqsadda: 
- har yili 3 ming nafargacha bolada tug`ma yurak nuqsoni hamda bosh miyadagi patologik o`zgarishlar (jumladan, gidrosefaliya) bo`yicha jarrohlik amaliyotlarini o`tkazish;
- yiliga kamida 110 nafar bemor bola uchun transpedikulyar tizim (fiksatorlar) to`plamlarini qo`llagan holda skolioz va umurtqa pog`onasining boshqa patologiyasi bo`yicha jarrohlik operasiyalarini bajarish;
- suyak ko`migi transplantasiyasi  amaliyotini joriy etish ko`zda tutilyapti.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar