AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ayrim turdagi pensiya va nafaqalar miqdori oshirilishi mumkin

'O`zbekistonda ayrim turdagi pensiya va nafaqalar miqdori oshirilishi mumkin'ning rasmi

Respublikada 2024 yil uchun minimal iste`mol xarajatlari (MIX) miqdori 568 ming so`mdan 621 ming so`mgacha (9,3 foizga) oshirildi.

Jahon tajribasida MIX ko`rsatkichidan pensiya va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, kambag`al oilalarga beriladigan moddiy yordamlarni ko`rsatishda mezon sifatida foydalaniladi. Ayni paytda O`zbekistonda ayrim turdagi pensiya va nafaqalar miqdori MIX miqdoridan pastroq.

Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, MIXning oshirilishi ortidan qator pensiya va nafaqalar miqdorlari ham kamida shu summaga (621 ming so`mga) etkazilishi kerak.

“Bular — ish staji to`liq bo`lmagan chog`dagi pensiyalarning eng kam miqdori, boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a`zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori, boquvchisini yo`qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a`zosi uchun nafaqa miqdori. Shuningdek, xususiy sektorda ishlaydigan ayollar uchun “dekret puli” minimal iste`mol xarajatlariga mos ravishda indeksasiya qilinishi kerak”, — deya fikr bildirdi iqtisodchi.

Hozir mamlakatda ish staji to`liq bo`lmagan chog`dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori oyiga 608 000 so`mni tashkil etadi.

Shuningdek:

  • o`zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo`lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo`lgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 608 000 so`m;
  • boquvchisini yo`qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a`zosi uchun nafaqa miqdori — oyiga 608 000 so`m etib belgilansin va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a`zosi uchun — 212 000 so`mdan qo`shilsin;
  • boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a`zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori — oyiga 608 000 so`m.

    Boshqa yangiliklar