Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda “P.T.” MChJ rahbari A.T. va boshqalar MChJning 841,8 mln so`m debitorlik qarzdorligi mavjud bo`lsada, MChJni to`lovga qobiliyatsiz deb topish va tugatishga doir ish yuritish jarayonida ushbu ma`lumotlarni yashirib, Termiz tumanlararo Iqtisodiy sudining tugatish to`g`risidagi ajrimiga asosan 369,9 mln so`m soliq qarzini hisobdan chiqarib, soliq va boshqa majburiy yig`imlarni to`lashdan bo`yin tovlab, MChJni qasddan to`lovga qobiliyatsizligiga (bankrotlikka) olib kelganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 184-moddasi (soliqlar yoki yig`imlarni to`lashdan bo`yin tovlash) va 181-1-moddasi (qasddan bankrotlikka olib kelish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






