O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 23-25-yanvar kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamalakatda bo`lishi haqida xabar bergan edik.
Shu munosabat bilan, Xitoy Xalq Respublikasining ko`plab hududlarida O`zbekiston turizm salohiyati keng targ`ib etilib, sayyohlik yo`nalishida ko`plab kelishuvlarga erishilmoqda.
Xususan, yirik megapolis Shanxayning markazi, eng gavjum manzillaridagi keng formatli LED ekranlarda O`zbekistonning sayyohlik destinasiyalari, qadimiy va zamonaviy me`morchilik durdonalari va betakror tabiati aks ettirilgan videoroliklar namoyish etilmoqda.
23.01.2024 16:22
Shanxay shahri bo`ylab O`zbekistonning turizm salohiyati targ`ib etilmoqda






