Uzbekistan Airways tarkibiga kiruvchi Silk Avia aviakompaniyasi Toshkentdan Termiz shahriga aviaqatnovlar sonini oshirmoqda. Endi qatnovlar kuniga ikki marta amalga oshiriladi va aviachiptalar narxi 299 000 so`mdan boshlanadi.
O`zbekistonning ba`zi joylari shu qadar ulug`vorki, ularni ko`rish hayratlanarli. Ularning aksariyati mamlakatning Janubiy mintaqasida – Surxondaryoda joylashgan bo`lib, u erga Silk Avia har kuni parvozlarni bajaradi. 20 yanvardan boshlab aviaqatnovlar soni yanada ko`paydi: mintaqaviy aviakompaniya Toshkentdan Termiz shahriga kuniga ikki marta kunlik parvozlarni amalga oshirishga kirishdi.
Termiz O`zbekistonning boy tarixiy merosini o`rganishni istagan sayohatchilar uchun eng zo`r joy. Ushbu shaharning marvaridi 116 ming eksponatga ega bo`lgan – Arxeologiya muzeyi bo`lib, ularning aksariyati Luvr va Berlinda namoyish etilgan. Qirqqiz majmuasi Termiz shahrining sirli diqqatga sazovor joylaridan biridir. Afsonaga ko`ra, bu erda 40 ta jangchi qiz yashagan, ular notinch davrda hudud mudofaasini o`z zimmalariga olishgan. Shahar sayohat paytida tanishishingiz mumkin bo`lgan ko`plab hikoyalar va afsonalar bilan o`ralgan.
US-751/752 reyslari Toshkentdan Termiz shahriga va kunning birinchi yarmida quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
- Toshkentdan jo`nab ketish soat 8:00 da, Termizga etib kelish 9:30 da;
- Termizdan jo`nab ketish soat 10:10 da, Toshkentga etib kelish soat 11:35 da.
US-753/754 reyslari Toshkentdan Termiz shahriga va kunning ikkinchi yarmida quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
- Toshkentdan jo`nab ketish soat 18:05 da, Termizga etib kelish soat 19:30 da;
- Termizdan jo`nab ketish 20:15 da, Toshkentga etib kelish 21:40 da.
Termiz shahriga aviachiptalarni 299 000 so`mdan, Toshkent – Termiz – Toshkent yo`nalishi bo`yicha esa 598 000 so`mdan sotib olish mumkin. Sayohat vaqti 1 soat 30 daqiqani tashkil etadi.