Toshkent shahridagi maktabgacha ta`lim muassasalaridan birida yuqori sinfida o`qiydigan yigit tayyorlov guruhidagi 4 nafar qizni majburlab echintirgan holda ularga tegajog`lik qilgani aytilgan edi.
23 yanvar kuni jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tuman sudida voyaga etmagan X. Sh.ga (2008 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan) oid jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e`lon qilindi. Bu haqida Oliy sudi Jamoatchilik bilan aloqalar markazi rahbari xabar berdi.
Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tuman sudining sudyasi J. Kurbanov raisligida Jinoyat-prosessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko`rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko`rib chiqilgan.
E`lon qilingan sud hukmiga muvofiq X. Sh. Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo`rlik ishlatib g`ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 85-moddasi (ozodlikdan mahrum qilish) 2-qismi "v" bandiga asosan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni tarbiya koloniyalarda o`tash belgilandi.
Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma`lum qilindi.






