AsosiyJamiyat

“Sharq” nashriyot matbaa korxonasi” AJga tegishli binolar tashqi ko`rinishining tarixiy arxitektura qiyofasi saqlab qolinadi

'“Sharq” nashriyot matbaa korxonasi” AJga tegishli binolar tashqi ko`rinishining tarixiy arxitektura qiyofasi saqlab qolinadi'ning rasmi

“Davaktiv”  “Sharq” nashriyot matbaa korxonasi” AJga tegishli binolar bo`yicha bo`layotgan muhokama va e`tirozlarga rasmiy munosabat bildirdi. 

Ma`lum qilinishicha, Toshkent shahar, Buyuk Turon ko`chasi, 41-uyda joylashgan bino-inshootlar bugungi kundabo`sh ekanligi va ta`mirtalabligi sababli xususiylashtirilishi belgilangan.

Ushbu bino Toshkent shahrining tarixiy arxitekturasini, shu jumladan, muhim “modernizm” qiyofasini aks ettirishini inobatga olib, uni saqlab qolish maqsadida savdoning quyidagi asosiy shartlari belgilangan:

  • O`zbekiston milliy axborot agentligi (UzA)ning ma`muriy binosi hamda Buxoro va Buyuk Turon ko`chalari kesishmasidagi 4-qavatli ma`muriy bino (“A.Navoiy teatri” tomonidagi qismi) tashqi ko`rinishining tarixiy arxitektura qiyofasini saqlab qolish; 
  • kelgusida qurilish ta`mirlash va rekonstruksiya ishlarini Madaniy meros agentligi bilan kelishilgan holda amalga oshirish.

Bu degani xaridor, mulkiy majmuaning ushbu qismlari tashqi ko`rinishining tarixiy arxitektura qiyofasini saqlab qolinishini ta`minlaydi, ta`mirlash ishlarini Madaniy meros agentligi bilan kelishgan holda amalga oshiradi, agarda mazkur shartlar xaridor tomonidan buzilgan taqdirda, xususiylashtirish masalasi shartnoma talablariga asosanqayta ko`rib chiqiladi.

Ushbudan kelib chiqib, jamoatchilikni bezovta bo`lmasliklarini so`raymiz va mulkiy majmuani xususiylashtirish ishlariqat`iyan yuqoridagi talablarga rioya etgan holda amalga oshirilishi va xususiylashtirish jarayonlarining har bir bosqichi to`g`risida jamoatchilikni xabardor qilib borilishi ta`minlanadi.

    Boshqa yangiliklar