AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Xitoy xalqining qahramonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi

'Shavkat Mirziyoev Xitoy xalqining qahramonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi'ning rasmi

Davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo`lib turgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Pekin shahridagi Tyananmen maydoniga tashrif buyurdi.

O`zbekiston va XXR davlat madhiyalari yangradi. Davlatimiz rahbari Xalq qahramonlari yodgorligi poyiga gulchambar qo`yib, XIX-XX asarlarda Xitoy mustaqilligi va ozodligi yo`lida qurbon bo`lganlarning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Tyananmen maydoni xitoy millatining ramziy yuragi hisoblanadi.

1949 yil 1 oktyabr kuni aynan shu erda Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilgani e`lon qilingan. Xalq qahramonlari yodgorligi XX asrning o`rtalarida bunyod etilgan.

    Boshqa yangiliklar