Tojikistonning "Somon Air" aviakompaniyasi Dushanbe – Toshkent – Dushanbe yo`nalishi bo`yicha parvozlar chastotasini oshirmoqda. Bu haqda "Uzbekistan airports" Matbuot xizmati xabar berdi.
Avvallari yo`lovchi qatnovlari haftasiga ikki marta – dushanba va juma kunlari amalga oshirilar edi. 2024 yil 24 yanvardan boshlab aviatashuvchi uchinchi qatnovni joriy qilib, chorshanba kunlari Boeing 737-800 samolyotida qo`shimcha reysni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.






