O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Pekin shahrida Xitoyning CITIC korporasiyasi rahbari Si Goxua bilan uchrashuv o`tkazdi.
Xitoy mulkni boshqarish bo`yicha xalqaro investisiya korporasiyasi moliyaviy xizmatlar ko`rsatuvchi hamda yirik sanoat va infratuzilma loyihalarini amalga oshiruvchi etakchi kompaniyadir. Uning aktivlari qariyb 1,5 trillion dollarni tashkil etadi.
Uchrashuvda qo`shma loyihalar portfelini kengaytirish masalalari ko`rib chiqildi, bunda asosiy e`tibor mamlakatimiz yo`l-transport va muhandislik infratuzilmasiga, irrigasiya tizimlarini modernizasiya qilishga qaratildi.






