Prezident Shavkat Mirziyoev Pekin shahridagi tadbirlar doirasida Xitoy Eksport-import banki raisi Vu Fulinni qabul qildi.
XXR Eksimbankiga 1994 yilda asos solingan. Aktivlari qiymati 800 milliard dollardan ortiq bo`lgan bank tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni qo`llab-quvvatlash bo`yicha Xitoyning etakchi moliyaviy institutidir.
Uchrashuvda mamlakatimizdagi qo`shma loyihalar portfeli 3,5 milliard dollarga etgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bankning Toshkent shahrida mintaqaviy ofis ochish hamda transport va ijtimoiy infratuzilma, sanoat va xususiy sektorni rivojlantirish bo`yicha yangi istiqbolli loyihalarni shakllantirish borasidagi rejalari ko`rib chiqildi.






