Oliy darajadagi muzokaralardan so`ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo`lib o`tdi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Qo`shma bayonot imzoladilar.
Unda tomonlarning o`zaro manfaatli hamkorlikni turli sohalarda har tomonlama mustahkamlash hamda O`zbekiston bilan Xitoy o`rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklikni mazmun jihatidan boyitishga intilishi tasdiqlangan.
Etakchilar huzurida quyidagilar imzolandi:
– O`zbekiston Respublikasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o`rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik to`g`risida bitim;
– O`zbekiston Respublikasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o`rtasida texnik-iqtisodiy hamkorlik to`g`risida bitim;
– O`zbekiston Respublikasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o`rtasida inson resurslarini rivojlantirish bo`yicha hamkorlik to`g`risida bitim;
– O`zbekiston Respublikasi Hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati o`rtasida davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari hamkorligi to`g`risida bitim;
– O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Ta`lim vazirligi o`rtasida xitoy tilini o`qitish sohasidagi hamkorlik to`g`risida bitim;
– O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Bojxona bosh boshqarmasi o`rtasida O`zbekistondan Xitoyga no`xat eksport qilishda fitosanitar talablar va nazorat to`g`risida bayonnoma;
– O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Islohotlar va rivojlanish davlat qo`mitasi o`rtasida Xitoy – Markaziy Osiyo – Evropa temir yo`l ekspresslari bo`yicha hamkorlikni chuqurlashtirish to`g`risida bayonnoma;
– O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi o`rtasida yangi elektr transport vositalari sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish to`g`risida bayonnoma;
– O`zbekiston Respublikasi Kambag`allikni qisqartirish va bandlik vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Qishloq xo`jaligi va qishloq masalalari vazirligi o`rtasida kambag`allikni qisqartirish sohasidagi hamkorlik to`g`risida ahdlashuv bayonnomasi;
– O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Fan va texnologiyalar vazirligi o`rtasida ilmiy-texnik hamkorlikni yanada mustahkamlash to`g`risida hamkorlik bayonnomasi;
– O`zbekiston Respublikasi Texnik tartibga solish agentligi va Xitoy Xalq Respublikasi Standartlashtirish ma`muriyati o`rtasida standartlashtirish sohasidagi hamkorlik to`g`risida bayonnoma;
– O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Xitoy fuqarolik aviasiyasi boshqarmasi o`rtasida “Havo ipak yo`li”ni birgalikda barpo etish to`g`risida kelishuv;
– O`zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo`mitasi va Xitoy Xalq Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi o`rtasida 2024-2026 yillarda turizm sohasidagi hamkorlik rejasi;
– Toshkent viloyati va Shensi muzofoti o`rtasida sheriklik aloqalarini o`rnatish to`g`risida bitim;
– Samarqand va Sindao shaharlari o`rtasida sheriklik munosabatlarini o`rnatish to`g`risida bitim va boshqalar.